11:44 / 01.05.2015
1728

Nepaldagi zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 6204 nafar kishiga yetdi

proxy Kun.uz: Nepalda ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 6204 nafar kishini tashkil etmoqda. Bu haqda France-Press nashrining tvitterida ma'lum qilingan. Mahalliy manbalarda aytilishicha, zilzila tufayli jarohatlanganlar soni 14 mingga yaqinlashgan. Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni Nepal tarixidagi eng kuchli zilzilalardan biri qayd etildi. 25 aprel kuni ertalab 7,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Uning markazi mamlakat poytaxti Katmandudan shimoli-g‘arbiy tomon 82 kilometr uzoqlikda joylashgan, o‘chog‘i esa 15 kilometr chuqurlikda yotgan. Bir kun o‘tib, Nepalda yana bir qator aftershoklar sodir bo‘lgan, ulardan eng kuchlisining magnitudasi 6,7 ballni tashkil qilgan. xab-2
Top