16:56 / 01.05.2015
2058

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari yuqori mansabdorlarining Vena uchrashuvida qatnashdi

c5c95158d44ee2ae390a3c3d6bd2e7f8_L Avstriya poytaxti Vena shahrida 29-30 aprel kunlari O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ekologik harakat Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas'ul xodimlaridan tashkil topgan O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro suv huquqi masalalari yuzasidan o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tegishli idoralari yuqori mansabdor shaxslarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi. O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslarini boshqarish sohasida xalqaro huquqning asosiy tamoyil va me'yorlarini amaliy tadbiq qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT mintaqaviy markazi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda BMT institutlari, Jahon banki, Orolni qutqarish Xalqaro Fondi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etdilar.
Top