07:22 / 01.05.2015
2052

Raul Messini "Real" tarixidagi hujumchilarning hammasidan ustunroq baholadi

Fabrika Formatov1430420991_907677_1430421282_noticia_grande Kun.uz: "Real" jamoasining sobiq hujumchisi Raul Gonsales o‘zi kimlarni eng yaxshi futbolchilar sifatida bilishini ma'lum qildi. Uning fikricha, Paolo Maldini eng yaxshi himoyachi bo‘lgandi. "Paolo aqlli va kuchli futbolchi edi. Unga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan. Menimcha, u dunyo tarixidagi eng zo‘r himoyachi bo‘lgandi. Uning o‘yinga munosabati ham butkul o‘zgacha edi. Eng yaxshi darvozabon esa Oliver Kan. U YeChL o‘yinlarida ikki barobar kuchli bo‘lib ketardi. Menga qarshi o‘ynagan eng yaxshi o‘yinchi esa Lionel Messi hisoblanadi. Men "Real"da Zidan, Ronaldo, Figu va Krishtianu kabi juda kuchli hujumkor futbolchilar bilan o‘ynaganman. Ammo Messi boshqacharoq. U uddalab bo‘lmasdek ko‘rinadigan harakatlarni amalga oshiradi. Agar uning o‘yiniga nazar solsangiz, u o‘zini ko‘chada do‘stlari bilan to‘p tepayotgandek erkin his qilishini ko‘rasiz. O‘z davrida Roberto Bajjo va Rayan Giggz shunday o‘ynardi", deydi Raul AS nashriga bergan intervyusida. xab-
Top