17:45 / 01.05.2015
1889

«Real» Chicharitoni 22,5 mln yevroga to‘liq sotib olmoqchi

1430080730_982822_1430081656_doscolumnas_normal Kun.uz: Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted»dan hujumchi Xaver Ernandesni sotib olish huquqi bo‘yicha shartnoma bandini mavsum so‘nggigacha surish bo‘yicha muzokara olib bormoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi. Madrid klubi meksikalik futbolchi bilan tuzilgan ijara shartnomasiga ko‘ra, uni sotib olish huquqiga 30 aprelga qadar ega bo‘lishgandi. Yangi oydan boshlab mazkur huquqiy asos muddati tugadi. Agar «Real» Xaver Ernandesning transfer huquqini sotib olmoqchi bo‘lsa, buning uchun 22,5 million yevro to‘lashi mumkin deb yoziladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Meksika terma jamoasi futbolchisining transfer bo‘yicha kelishuv 10 million yevroni tashkil qilishi xabar berib o‘tilgandi. xab-
Top