22:10 / 01.05.2015
2102

Saudiya Arabistoni valyuta zaxiralari 5 foizga qisqarib ketdi

884006

Kun.uz: Saudiya Arabistoni valyuta zaxiralari joriy yilning fevral-mart oylarida 5 foizga qisqarib ketdi. Bu 36 mlrd dollarga yaqinroq mablag‘ni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Sputnik agentligi.

Saudiya qirolligi valyuta zaxiralari hajmining kamayishi neft sotishdan olinadigan daromadlarning kamayishi bilan izohlanmoqda. Xususan, 2015 yilning fevralida Saudiya Arabistonining valyuta zaxiralari 20 mlrd dollar, martida 16 mlrd dollarga kamayib ketgan.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud yil boshida davlat kompaniyalari xodimlariga bonuslar to‘lab berishga buyruq bergan edi. Shuningdek, davlat Yamandagi harbiy operatsiyada ishtirok etgan saudiyalik harbiy xizmatchilarga mukofot puli to‘laydi. 2014 yilning sentabrida Saudiya Arabistoni valyuta zaxiralaridan 47 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab bo‘lgan.

Ayni paytda mamlakatning valyuta zaxiralari 708 mlrd dollar miqdorida baholanmoqda.

Top