10:58 / 02.05.2015
2267

Afg‘onistonda Tolibonlar va IShID jangarilari giyohvand moddalar savdosi nazorati uchun o‘zaro jang qilmoqda

drug_war_afghanistan-620x420 Kun.uz: Tolibon va IShID jangarilari Afg‘onistonda o‘zaro jang olib bormoqda. Bu haqda The New Times nashri Afg‘onistonning G‘ilmon viloyati politsiyasi boshlig‘i Nabi Jon Mullaxilga asoslangan holda xabar berdi.

Politsiya xodimlari Afg‘onistonning g‘arbidagi Kajak tumani hududida ikki tomon o‘rtasida o‘zaro jang boshlaganini tasdiqlashdi. Jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda ikki tomondan o‘nlab kishilar halok bo‘lgani aytilmoqda. Nashrda ta'kidlanishicha, IShID Afg‘oniston hududidagi giyohvand moddalar o‘stirish, qayta ishlash va xorijga jo‘natish ishlarini o‘z qo‘liga olishni niyat qilgan. Ular shu yilning o‘zida giyohvand moddalar yetishtiriladigan G‘ilmon, Badaxshon va Nangarxar hududlarini egallashni rejalashtirishgan.

uy

Top