14:56 / 02.05.2015
2183

Microsoft foydanuvchining yoshi va jinsini aniqlaydigan servis taqdim etdi

1430528374-7721

Kun.uz: Microsoft kompaniyasi insonlarning taxminiy yoshi hamda jinsini aniqlovchi yangi - How-Old.net servisini taqdim etdi.

Servisdan foydalanish uchun How-Old.net saytiga surat yuklash yoki yangi suratga tushish kerak bo‘ladi.

Servis bir necha daqiqa davomida suratni tahlil qiladi va foydalanuvchining taxminiy yoshi hamda jinsini ma'lum qiladi. Suratda insonlar soni ko‘p bo‘lsa, servis ularning har birining ma'lumotlarni aniqlaydi.

Foydalanuvchilar servis doimo aniq ishlamasligi, u inson yuzidagi holat va yorug‘lik sabab uning yoshi yoki jinsini aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘yadi.

Top