10:33 / 02.05.2015
2048

Nepalliklar baliq va mayonez o‘rniga sifatli oziq-ovqat va yopinchiqlar jo‘natilishini so‘ramoqda

460x (1) Kun.uz: Nepal hukumati xalqaro hamjamiyatdan yana bir marta ko‘mak so‘radi. Ayni vaqtda zilzila qurboni bo‘lgan nepalliklar chodirlar, yopinchiqlar va oziq-ovqat mahsulotlariga katta ehtiyoj sezmoqda. Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi. Hukumat tomonidan ma'lum qilinishicha, ba'zi talabgir bo‘lmagan mahsulotlar o‘rniga juda zarurlari jo‘natilishi kerak. "Bizga juda ko‘p miqdorda tunets balig‘i va mayonez jo‘natishdi. Lekin biz bularni nima qilamiz. Bizga non, tuz, yog‘, shakar va yopinchiqlar juda zarur", deb bayonot beradi Nepal moliya vaziri Ram Sharan Maxat. Hukumat mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ba'zi soliqlarni bekor qilgan. Nepal Moliya vazirligida qayd qilinishicha, zilzila jabrlanuvchilariga 400 mingta chodir zarur. Lekin shu vaqtgacha faqat 29 ming kishi chodir bilan ta'minlangan. Nepal hukumati zilzila sodir bo‘lganiga bir haftadan oshgani tufayli vayronalar orasida omon qolganlar borligiga umid qilmayapti. 460x 460x (7) 460x (2) 460x (6) 460x (8) 460x (4) 460x (10) 460x (12) 460x (11) 460x (3) 460x (5) xab-4
Top