16:57 / 02.05.2015
2158

Toshkentda milliy internet-jurnalistikasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

14304755871 Kun.uz: 1 may kuni poytaxtdagi Radisson mehmonxonasining konferens-zalida O‘zbekiston Mustaqil bosma OAVlari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va YuNeSKOning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda “Milliy internet-jurnalistikani rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakillari, tegishli vazirlik va boshqarmalar xodimlari, media-soha mutaxassislari, markaziy va viloyat bosma va internet-OAVlari jurnalistlari hamda O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan eng tezkor va ta'sirchan axborot vositasi sifatida internet-jurnalistikasiga kuchayib borayotgan qiziqish, uning usullarining har tomonlama va chuqur o‘zlashtirilishiga intilish bugungi kunda milliy matbuotning xalqaro media-fazoda o‘zining munosib o‘rnini topishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlab o‘tildi. Bugunda yurtimizda 20 mingdan ziyodroq veb-saytlar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga Internet-OAVlar faol rivojlanmoqda, ayni paytda OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 300 dan ortiq veb-sayt foydalanuvchilarga axborot-tahliliy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Anjuman davomida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida so‘z va axborot erkinligini ta'minlash sohasida milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalari va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini media-tuzilmalar faoliyati samaradorligi va sifatini oshirishga asos bo‘ladigan omil sifatida axborot sohasiga joriy qilish tendensiyasi; O‘zbekistonda onlayn-jurnalistikani rivojlantirishning amaliy jihatlari; “blog”, “bloger”, “blog sohasi”, ularning jurnalist kasbining an'anaviy tasavvuridan prinsipial farqlari, Uznetda ijtimoiy javobgar blog va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 14304756031 14304756411 xab-2
Top