18:38 / 02.05.2015
1931

"Zenit" "Spartak" bilan o‘yinning so‘nggi daqiqasida mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

TASS_10927146-pic510-510x340-19359 Kun.uz: 2 may kuni Rossiya chempionatining 26-turi doirasida Moskvaning "Spartak" jamoasi o‘z uyida Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasini qabul qildi. O‘yinning 48-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Romulo hisobni ochdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqada esa mehmonlar hujumchisi Xalk javob golini urishga erishdi va durangni ta'minladi. Bu natijadan so‘ng, 26 o‘yinda 60 ochko jamg‘argan piterliklar turnirda birinchi o‘rinda qolmoqda. Jamoaning eng yaqin ta'qibchisi, 25 o‘yindan keyin 51 ochko jamg‘argan "Krasnodar" esa bu turda, 4 may kuni Tulaning "Arsenal" jamosi bilan o‘ynaydi. Spartak: Rebrov, Parshivlyuk, Taski, Makeyev, D. Kombarov, Chelstrem, Romulo, Glushakov (89, Joan karlos), Ebert, Promes (89, Churado), Krotov (70, Movsissyan). Zenit: Lodigin, Krishito, Lomberts, Garay, Smolnikov, Vitsel (76, Rondon), Xavi Garsiya, Danni (Kerjakov), Shatov, Xalk, Ryazantsev (57, Arshavin). Gollar: Romulo (48) - Xalk (90+1) Ogohlantirishlar: Taski, 20; Ebert, 53 - Krishito, 17. xab-
Top