09:18 / 03.05.2015
2356

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay'ati yig‘ilishida sohadagi kelgusi vazifalar aniqlashtirib olindi

Fabrika Formatov5854a0285de064d7573c2929269c224f Kun.uz: 2015 yilning 1 may kunida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay'ati yig‘ilishida soha tashkilotlari rahbarlariga yoshlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mehnat bilan bandligini tashkil etish uchun sharoitlar yaratish, ularning iqtisodiy faolligi va o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatlarini oshirish hamda TATU va uning filiallari o‘qituvchilar tarkibi va umuman soha korxonalari ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha tegishli vazifalar topshirildi. Yig‘ilishda ijrochilik intizomi masalalari, sohaning tegishli korxonalari va tashkilotlari tomonidan davlat dasturlari, respublikamiz hukumati va rahbariyati qarorlari doirasida qo‘yilgan vazifalarning bajarilishining joriy holati ko‘rib chiqildi. Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha keng polosali foydalanishni joriy qilishning holati tahlil qilindi. Shu bilan bog‘liq tarzda keng polosali foydalanish portlari soni, videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallarni tomosha qilish va boshqa xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar sonini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha vazifalar topshirildi. Yig‘ilishda 2015 yilga qo‘yilgan birinchi navbatdagi vazifalarga alohida e'tibor ajratildi. Ular orasida quyidagi vazifalar birinchi darajali qilib belgilandi: • qishloq joylarda aloqa xizmatlari sohasini rivojlantirish uchun katta salohiyatdan to‘liq foydalanish; • Internet tarmog‘idan foydalanish texnik imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish; • keng polosali foydalanish optik tarmoqlarini kengaytirish va optik-tolali aloqa liniyalarini qurish; • barcha, shu jumladan borish qiyin bo‘lgan hududlarni raqamli televideniyega o‘tkazish ishlarini yakunlash; • Internet tarmog‘idan fiksirlangan keng polosali foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun portlar sonini oshirish; • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik sub'yektlari uchun yangi interaktiv xizmatlar turlarini yaratish, faoliyatning lisenzion turlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsatnomalarni berish jarayonini elektron formatga o‘tkazish; • elektron hukumat tizimi va boshqalarni joriy qilish uchun kompleks axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha yirik dasturlarni amalga oshirish. xab-2
Top