10:25 / 03.05.2015
1767

Meyvezer sentabrda o‘zining so‘nggi jangini o‘tkazishini ma'lum qildi

CEDm6jDUkAA3LMQ Kun.uz: AQShning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida yarim o‘rta vazn toifasi WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempionlik kamari uchun filippinlik Menni Pakyaoga qarshi jangda g‘alaba qozongan Floyd Meyvezer ringdan turib, jurnalistlarga intervyu berdi. "Men yengilmas jangchiman. Ha, Menni Pakyao menga munosib raqib ekan, uni maqtashgani bejizga emasligini ko‘rdim. U xavfli raqib sifatida harakat qildi. Ammo men barchasini hisobga olib qo‘ygandim", deydi bokschi. "Men sentabrda yana bir jang o‘tkazaman. Balki, elliginchisini ham o‘tkazib, 50ta janga 50ta g‘alabadan iborat chiroyli statistikaga erisharman", deya kelgusidagi rejalari haqida ma'lum qildi Meyvezer. Eslatib o‘tamiz, 12 raund davom etgan jangda hakamlar Meyvezerning 118-110, 116-112, 116-112 hisoblarida g‘alaba qilganini ma'lum qilishdi. Qayd etish joizki, u bu g‘alabasi evaziga 180 mln dollar mukofot oladigan bo‘ldi. 33 xab-
Top