16:49 / 03.05.2015
1923

Ronaldu Primera tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 7-o‘ringa ko‘tarildi

Valencia CF v Real Madrid CF - La Liga Kun.uz: Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Primeraning 35-turida “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga uchta gol urib, ispan ligasining barcha vaqtlar davomidagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatining 7-o‘riniga ko‘tarilib oldi. Endi portugaliyalik futbolchi hisobida 219ta gol bor, u bu ko‘rsatkich bo‘yicha 1970-80-yillarda “Sporting” va “Barselona” tarkibida to‘p surgan Kini Gonsales bilan tenglashib oldi. Bu natijaga erishish uchun Ronalduga Kinidan ko‘ra ancha kamroq o‘yin o‘tkazgan. Ya'ni Ronaldu 197ta, Gonsales esa 448ta o‘yinda 219ta gollik natijani qayd etgan. Hozirda Ronaldudan bu borada Lionel Messi (“Barselona”, 273 ta gol, faoliyatini davom ettirmoqda), Telmo Zarra (251ta gol), Ugo Sanches (234 ta gol), Raul (228ta gol), Alfredo di Stefano (227ta gol) va Sezar Rodriges (223ta gol) kabi futbolchilar yaxshiroq natijalarga ega hisoblanadi. xab-
Top