15:46 / 04.05.2015
3024

2015 yilda Eron 2 ming tonna qora ikra eksport qilmoqchi

954043

Kun.uz: Joriy yilda Eron ishlab chiqaruvchilari 1.5-2 ming tonna baqra baliq ikrasi (qora ikra) eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron Baliqchilik tashkiloti rahbari, qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Hasan Solihiy bayonot bergan. Uning ma'lumotlariga qaraganda, o‘tgan yili Eron 1.2 ming tonna qora ikra va 600 tonna baqra baliq go‘shti ishlab chiqargan. Bu yili esa qora ikra ishlab chiqarish 60 foizga o‘sib, 2.5 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Solihiy Sari shahrida yiliga 2 ming tonna baqra baliq go‘shti va 10 tonna baqra baliq ikrasi ishlab chiqaruvchi xo‘jalik ochilishini ma'lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Kaspiy bo‘yi davlatlari – Eron, Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya va Qozog‘iston jahon bozoriga qora ikraning 80 foizini yetkazib beradi. 2010 yilda ushbu 5 davlat baqra baliq populyatsiyasini ko‘paytirish maqsadida ularni ovlashni 5 yilga taqiqlagan edi. Bundan tashqari, Eron dengizga 3 mln dan ortiq baqra baliq bolasini chiqarib yuborgan edi.

Top