15:42 / 04.05.2015
1693

YeII davlatlari biotexnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

09890804

Kun.uz: Departament direktori Vladimir Maltsevning so‘zlariga qaraganda, ayni kunlarda YeIIga a'zo davlatlar biotexnologiyalarni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, o‘rta va uzoq istiqbolli dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va imzolash ko‘zda tutilmoqda. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat siyosati departamenti biotexnologiyalar sohasidagi oxirgi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqib, tahlildan o‘tkazdi, deb xabar beradi BNews.kz resursi. Tashkilot matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tahlil natijalariga ko‘ra biotexnologiyalarni rivojlantirishning to‘rt asosiy yo‘nalishi belgilab olingan – farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ekologiya. Shu bilan birga, Belarus, Qozog‘iston va Rossiyaning yetakchi biotexnologik muassasalari mutaxassislari sohani tez sur'atlarda rivojlantirish uchun qisqa istiqbolli tezkor loyihalarni ishlab chiqarish zarur ekanligini ta'kidlamoqda. Aytilishicha, bu bozorning amaldagi kon'yunkturasi sinovlariga dosh berishning yo‘llaridan biridir.

Top