08:30 / 04.05.2015
1837

Federer Istambulda 85-sovrinini qo‘lga kiritdi

2015-05-03T163118Z_1424950282_GF10000082735_RTRMADP_3_TURKEY-TENNIS-pic510-510x340-90857 Kun.uz: Turkiyaning Istambul shahrida tennis bo‘yicha Istanbul Open turniri Rojyer Federerning g‘alabasi bilani yakunlandi. Sayyoramizning ikkinchi raketkasi mukofot jamg‘armasi 472,712 yevroni tashkil etuvchi turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida urugvaylik Pablo Kuevasga qarshi kortga chiqdi. 1 soatu 36 daqiqa davom etgan final bahsida shveysariyalik tennischi dunyo reytingida 23-pog‘onani egallab turgan Kuevasni 6:3 va 7:6 hisobida yengib, bosh mukofotga ega chiqdi. Qayd etish joizki, bu Federerning faoliyatidagi 85-sovrin bo‘ldi. Istambuldagi g‘alaba Rojyerga 80 ming yevro mukofot jamg‘armasi hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. xab-
Top