07:55 / 04.05.2015
1706

Lindsi Vonn va Tayger Vuds o‘z munosabatlariga chek qo‘yishdi

Screenshot_3 Kun.uz: AQShlik tog‘ chang‘ichisi Lindsi Vonn va golfchi Tayger Vuds bir necha yillik ishqiy munosabatlariga chek qo‘yishdi. “Tayger bilan deyarli uch yildan beri birga bo‘lganimizdan keyin u bilan munosabatlarimizga chek qo‘yishga qaror qildik. Men doimo biz birga bo‘lgan onlarni iliqlik bilan eslab qolaman. Afsuski, ikkimiz bizning aksariyat vaqtimizni bir-birimizdan ayro tarzda sarflashga majbur qiladigan sharoitlarda yashaymiz. Men doimo Tayger bilan faxrlanaman va uni hurmat qilib qolaman. U va uning ajoyib oilasi doimo mening qalbim to‘ridan joy oladi”, deb yozdi Vonn o‘zining Facebook’dagi sahifasida. xab-4
Top