12:09 / 04.05.2015
1734

Toshkent aeroportida 2015 yilda barcha bojxona yuk deklaratsiyalari elektron shaklda rasmiylashtirildi

[caption id="attachment_17971" align="alignnone" width="620"]Toshkent xalqaro aeroporti © tourstouzbekistan.com Toshkent xalqaro aeroporti © tourstouzbekistan.com[/caption] O‘zbekistonda 2013 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirishni amalga oshirish huquqini taqdim etish belgilangan edi. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, 2015 yilning birinchi choragida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida barcha ya'ni, 7,5 mingdan ortiq bojxona yuk deklaratsiyalari elektron shaklda rasmiylashtirildi. Mazkur amaliyoti tadbirkorga masofadan turib, bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyalari va ularga tegishli yuk kuzatuv hujjatlarini taqdim etish imkoniyatini berdi. Bu esa, o‘z navbatida bojxona rasmiylashtiruv vaqtini qisqartirish, yuklarni bojxona omborida saqlash harajatlarini kamaytirish va yukning egasiga qisqa muddatda yetib kelishiga qulayliklar yaratmoqda. “Vaholanki, ilgari bojxona yuk deklaratsiyalarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish jarayonlariga kamida 25 soat vaqt sarflanar edi”, - deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.
Top