13:44 / 04.05.2015
1807

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida simob kontrabandachilari to‘xtatib qolindi

19840

Kun.uz: Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida Tojikiston giyohvandlikka qarshi kurash xizmati vakillari tomonidan 180 kg simobni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan jinoyatchilar qo‘lga olindi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda. Muassasa matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, qo‘lga olinganlar Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan. Ular Qirg‘izistondagi kombinatda ishlab chiqarilgan simobni har biri 30 kg ga teng paketlarga solib olib o‘tishga harakat qilgan. Bu moddalar Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasiga topshirilgan.

Top