16:06 / 04.05.2015
2145

ZiyoNET foydalanuvchilari O‘zbekistonning yetti mo‘jizasini tanlaydi

Capture ZiyoNET Resurs markazi “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasini e'lon qildi. Aktsiya ZiyoNET ta'lim portalida o‘tkaziladi va portal foydalanuvchilari uchun ochiqdir. Aktsiya birinchi bosqichi shartlariga ko‘ra, 27 iyungacha foydalanuvchilar ro‘yxatga qo‘shish lozim deb hisoblangan O‘zbekistonda joylashgan har qanday madaniy obekt haqidagi ma'lumotni “Yangi obekt taklif qilish” maxsus shakli orqali jo‘natishlari mumkin. 29 iyundan 29 iyulgacha davom etadigan ikkinchi bosqichida ovoz berish natijalariga ko‘ra “O‘zbekiston hududlarida joylashgan yetti mo‘'jiza”ga tegishli har bir hududdan yetakchilar tanlab olinadi. Keyinchalik mazkur obektlar navbatdagi “O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi”ni aniqlash qisqa ro‘yxatiga kiritiladi. Tanlov tashkilotchilari tanlangan qisqa ro‘yxatga qo‘shimcha obektlarni qo‘shish huquqiga ega. Tanlovning uchinchi bosqichi 3 avgustdan 3 sentabrgacha davom etadi va unda ovoz berish uchun qisqa ro‘yxatga kiritilgan obektlar ro‘yxati e'lon qilinadi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan yettita obekt rasmiy ravishda “O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi” sifatida tanlab olinadi. “O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi”sifatida tanlangan obektlar Aktsiya so‘nggida o‘tkaziladigan tantanali marosimda e'lon qilinadi. Tanlovning so‘nggi ikki bosqichida har bir ishtirokchi bir sutkada bir marta ovoz berishi mumkin.
Top