14:28 / 05.05.2015
4125

1 iyul kuni Pop tumanidagi Chodak qo‘rg‘onida yangi madaniyat va istirohat bog‘i ochiladi

Fabrika Formatovtomk2 Kun.uz: “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchilari tomonidan Namangan viloyati Pop tumani Chodak qo‘rg‘onida bolalar madaniyat va istirohat bog‘i qurilishi olib borilmoqda. QB TOMK boshlig‘i v.b. Akrom Turdiyevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur obektning bosh rejasi Loyiha ishlari boshqarmasi xodimlari tomonidan tayyorlangan. “Qachonlardir tashlandiq joy bo‘lgan 0,81 gektarlik yer maydonida bolalar bog‘i barpo etiladi. Yanvar oyida TOMK qurilish boshqarmasi vakillari sohilni mustahkamlash ishlarini boshlab yuborishdi, chunki bog‘ Chodaksoy yaqinida qurilmoqda. Qishda uning suvi kam bo‘ladi, shu boisdan quruvchilar birinchi navbatda soyning qirg‘oqlarini mustahkamlab oldilar, chunki bahorda uning suvi to‘lib-toshib oqadi. Hisob-kitoblarga muvofiq bu obektda 1400 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan, – deya hikoya qiladi Turdiyev. – Bu ishlar bilan bir qatorda bog‘da yer qazish ishlari olib borildi. Yanvar-fevral oylarida bo‘lg‘usi qurilmalar joylari chamalab olindi. Bugungi kunga kelib tayyorlangan bezakli to‘siqlar va arkali darvozalarni o‘rnatish 90% ga yakunlandi. Hozircha qurilish anjomlarini keltirish uchun bog‘ning bir tomoni ochiq qoldirildi”, – deya ma'lum qildi Turdiyev. Shuningdek u boshqarma xodimlari tomonidan bog‘ning kiraverish qismidagi bino va tibbiyot punkti poydevori, stol tennisi uchun soyabonli maydonchalar, ochiq amfiteatr va boshqa joylar tayyorlanganini bildirdi. Bog‘da asfalt beton qoplamasi, qum va chorqirra toshlar yotqizilgan yo‘laklar (maydoni 1115 kv. metr) barpo etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek maydon bo‘ylab chim yotqiziladi. “Bolalar bog‘i uchun OTMK bo‘linmalari tomonidan kichik me'moriy shakllar (ertak qahramonlari haykallari), suv ichish uchun mo‘ljallangan favvoralar, 2,5x2,5 metrlik ayvonchalar, o‘rindiqlar, qushlar uchun kataklar va boshqa anjomlar tayyorlanadi. Bolalar uchun turli-tuman arg‘imchoqlar va attraksionlar o‘rnatiladi. Shuningdek bog‘da kassa, favvora, 6 metr balandlikdagi to‘r bilan o‘ralgan voleybol va futbol maydonchalari bo‘ladi. Bosh rejaga ko‘ra, obodonlashtirish ishlari ham ko‘zda tutilgan. Bizning ishchilarimiz archa, majnuntol, manzarali tut, bir va ko‘p yillik gullarni ekadilar. Chodak qo‘rg‘onidagi Bolalar madaniyat va istiroxat bog‘ining ochilishi 1 iyul kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanyapti. Umid qilamizki, bog‘ mahalliy bolakaylar va sayyohlarning sevimli manziliga aylanadi”, – deya so‘zini yakunladi qurilish tresti rahbari. xab-2
Top