13:06 / 05.05.2015
1864

Kasilyas: "Anchelotti "Real" muxlislariga quvonchni qaytardi"

599840

Kun.uz: “Real” darvozaboni Iker Kasilyas jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida iliq so‘zlar bildirdi. Kasilyas o‘z vaqtida italiyalik murabbiyga ishonch bildirib to‘g‘ri qilganini ta'kidladi.

“Anchelotti “Real” muxlislariga quvonchni qaytardi va jamoa uchun muhim bo‘lgan Chempionlar ligasidagi 10-kubokni qo‘lga kiritishga o‘z hissasini qo‘shdi. 2014 yil “Real” uchun omadli mavsum bo‘ldi. Biz 4ta kubokni qo‘lga kiritdi. Anchelottiga qadar bu natijani hech kim qayd etmagan edi”, - dedi Iker Kasilyas.

Ma'lumot uchun, Karlo Anchelotti 2013/2014 yilgi mavsumda “Real” bosh murabbiyi etib tayinladi. Uning qo‘l ostida jamoa Chempionlar ligasi, UYeFA superkuboki, Ispaniya kuboki hamda klublar o‘rtasidagi musobaqada g‘olib bo‘ldi.

xab-
Top