08:19 / 05.05.2015
1763

Nyu-York shtati senati boshlig‘i va uning o‘g‘li korrupsiyada gumon qilinib hibsga olindi

Fabrika Formatovskelos-son-arrested-corruption-conspiracy.si Kun.uz: Nyu-York shtati senati rahbari Din Skelos va uning o‘g‘li Adam tovlamachilik, firibgarlik va poraxo‘rlikda gumon qilinib, hibsga olingan. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda. 67 yoshli siyosatchi va uning 32 yoshli o‘g‘li Nyu-York shahridagi qurilish kompaniyasi va Arizonadagi boshqa bir kompaniyadan jami 220 ming dollar miqdoridagi pora olgani shubha qilinmoqda. Qayd qilinishicha, Adam Skelos o‘zining yuqori lavozimli otasi nomi bilan ish yuritib, ushbu jinoyatni amalga oshirgan. Gumonlanuvchilarning advokatlari barchasi sud jarayonida hal bo‘lishini ma'lum qilishgan. Amaldorning o‘z lavozimidan iste'foga chiqqani bo‘yicha aniqlik kiritilmagan. xab-4
Top