16:05 / 05.05.2015
4995

O‘zbekiston kichik biznes sub'yektlari uch oyda 560 million dollarlik mahsulot eksport qildi

[caption id="attachment_16173" align="alignnone" width="620"]© O‘zA © O‘zA[/caption] O‘zbekistonda 2015 yil boshidan buyon Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi tomonidan 318 korxonaga maslahat xizmatlari ko‘rsatilib, mahsulotlarni standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va eksport qilish, xalqaro hamda mamlakatlarga oid talablarni joriy etish borasida 29 xalqaro kelishuv imzolandi. Bundan tashqari, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 315 tadbirkorlik sub'yektiga 220,4 million dollarlik mahsulotlarini eksportga chiqarish, 36 korxonaga xorijiy xaridorlar topishga va umumiy qiymati 2,5 million dollarlik eksport shartnomalari tuzishga yordam ko‘rsatildi. “Natijada joriy yilning birinchi choragida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qiymati 560 million dollardan ortiq, jumladan, “O‘ztadbirkoreksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi orqali 217,3 million dollarlik mahsulot eksport qilindi”, - deyiladi O‘zA xabarida.
Top