15:56 / 05.05.2015
5405

O‘zbekistonda davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarning joriy etilishi natijasida 22 milliard so‘m iqtisod qilindi

O‘zbekistonda davlat xaridlari bo‘yicha o‘z mahsulot va xizmatlarini yetkazib beradigan akkreditatsiyadan o‘tgan kichik biznes sub'yektlarining 2014 yilning shu davriga nisbatan 4 barobardan oshdi. O‘zAning xabar berishicha, ularning umumiy soni 34,2 mingtani yoki davlat xaridlari ishtirokchilarining 98,3 foizini tashkil etdi. Natijada 2015 yil boshidan buyon kichik biznes sub'yektlaridan davlat xaridlari hajmi 77,9 milliard so‘mni yoki elektron savdolar orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari umumiy hajmining 99,6 foizini tashkil qildi. Ayni paytda davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarning joriy etilishi hisobidan 22 milliard so‘mlik yoki shu maqsadga mo‘ljallangan 21,9 foiz byudjyet mablag‘lari iqtisod qilindi.
Top