16:02 / 05.05.2015
3721

Pakyao jarohatini yashirgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

1062309991

Kun.uz: Filippinlik bokschi Menni Pakyao amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi jang oldidan yelkasidan olgan jarohatini yashirgani bois diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Jangda mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Pakyao bir oycha ilgari jarohat olganini ma'lum qildi. Ammo jang oldidan to‘ldirilgan anketada u jarohati yo‘qligini yozgan edi. “Korrespondent” gazetasida yozilishicha, bu axborotni yashirgani bois bokschi jarimaga tortilishi va hattoki diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Jangdan bir soat oldin Pakyao jamoasi jarohat haqida ma'lum qilib, og‘riq qoldiruvchi emlashga umid qilishgan, ammo USADA dopingga qarshi agentlik prezidenti Trevis Taygart bu borada hech qanday hujjat yoki tibbiy ma'lumot yo‘qligini aytib, bunga ruxsat bermagan.

xab-
Top