13:36 / 05.05.2015
2515

Putin: Tarixni qayta yozishga urinishlarni hazm qilib bo‘lmaydi

84908

Kun.uz: Rossiya tarixni qayta yozish, millatchilar va ularning tarafdorlarini qahramon qilib ko‘rsatishni hazm qilib bo‘lmaydigan xatti-harakatlar deb hisoblaydi. Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “SSSR va Xitoyning Ikkinchi Jahon urushida fashizm va yapon militarizmi ustidan qozonilgan g‘alabadagi roli” nomli birinchi Rossiya-Xitoy qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan maktubida ta'kidlab o‘tildi. “Biz g‘arazli siyosiy maqsadlarni ko‘zlab tarixni qayta yozishga, millatchilar va ularning tarafdorlarini qahramon qilib ko‘rsatishga bo‘lgan urinishlarni hazm qila olmaymiz. Bunday xatti-harakatlar nafaqat axloqsiz, balki xavfli hamdir. Ular dunyoda yangi ixtiloflar, zo‘ravonlik va vahshiylik avj olishiga turtki bo‘lishi mumkin”, - deyiladi maktubda. Shuningdek, Putin “konferensiya urush yillarining to‘g‘ri yoritilishiga yordam berishi”ni ta'kidlab o‘tdi.

xab-1
Top