14:23 / 05.05.2015
5706

Washington Post amerikaliklar Rossiyani qutqarganini eslatib qo‘ydi

445060

Kun.uz: The Washington Post gazetasi G‘arb davlatlarini Rossiyani bo‘lib yuborishga harakat qilishda ayblash to‘g‘ri emasligini ta'kidlab, SSSR inqirozga yuz tutganidan so‘ng AQSh Rossiyaga yordam ko‘rsatganini eslatib qo‘ydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin oxirgi chiqishlarida bir necha bor AQShni va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarini Rossiyaga qarshi xatti-harakatlarni amalga oshirishda, mamlakatdagi vaziyatni ishdan chiqarishda jamoat tashkilotlaridan foydalanayotganda ayblagan edi. Bunga javoban gazetada e'lon qilingan maqolada AQSh va Yevropa davlatlari Rossiyaga ko‘p bora yordam bergani ta'kidlandi. Jumladan, oxirgi 25 yil ichida Rossiyada g‘arbona qadriyatlarni joriy qilish, uning demokratiya va bozor iqtisodiyotiga o‘tishiga ko‘maklashish uchun AQSh millionlab dollar sarflagani, ko‘ngillilar rossiyaliklarga sud, matbuot erkinligi, fond-birjalar, siyosiy kampaniyalar borasida darslar va mashg‘ulotlar o‘tib, zamonaviy sohalardagi bilimlarning tarqalishiga yordam bergani eslatib o‘tildi. “Rossiya xalqi quyidagi haqiqatni eshitishi kerak: AQSh sizni ko‘mish uchun emas, qutqarish uchun kelgan edi”, - deb ta'kidlanadi materialda.

xab-1
Top