14:35 / 05.05.2015
1946

Jan-Mari Le Pen qizining prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqishiga qarshi

CEN-vqiUUAEXYtp Kun.uz: Fransiyaning “Milliy front” partiyasi asoschisi Jan-Mari Le Pen uning qizi Marin Le Pen 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga qarshi ekanligini aytdi. Bu haqda u Europe 1 radiokanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. “Ayni paytda men Marin Le Pen 2017 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonishiga qarshiman”, - deb ta'kidladi u radio efirida. 3 may kuni shu radioga bergan intervyusida “Milliy front”ning amaldagi rahbari Marin Le Pen otasining xatti-harakatlarini qoralab, unga va partiyaga bo‘lgan hurmatsizlik sifatida baholagan edi. Shuningdek, u otasiga partiya nomidan gapirishni taqiqlamoqchi hamda uni mintaqaviy saylovlarda ishtirok etishdan chetlashtirmoqchi ekanligini ma'lum qilgan edi.

uy

Top