08:45 / 06.05.2015
1667

Allegri: "Biz "Real"ga hujum tashkil qilishga imkon bermadik"

"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Massimilliano Allegri o‘z jamoasining "Real" bilan o‘yindagi g‘alabasidan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men o‘z shogirdlarim ko‘rsatgan o‘yindan juda mamnunman. Ular g‘alaba uchun haqli edi.

O‘yin juda intensiv tarzda kechdi. Biz amalda raqiblarga hujum tashkil qilish imkonini bermadik. Birinchi taymda ham ustunlikni ta'minlashimiz mumkin edi.

Shuningdek, ikkinchi taymda Lorente qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Lekin, harholda YeChL yarimfinalida "Real"ni mag‘lub etdik. Endi javob o‘yiniga tayyorlanishimiz kerak", deydi Allegri.

Top