23:55 / 06.05.2015
8005

«Barselona» o‘z maydonida «Bavariya»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan "Barselona" hamda "Bavariya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda 3:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikki golni argentinalik hujumchi Lionel Messi kiritdi. Darhaqiqat, ushbu gollar bir-biridan chiroyligi bilan o‘yinni bezab berdi.

Bevosita uchrashuv maydon egalarining shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Ayniqsa, Luis Suaresda bir qancha vaziyatlar sodir etildi. Urugvaylik futbolchiga ko‘p jihatdan omad yetishmadi. Katta sahnaga Messi chiqqach, hammasi joy-joyiga tushdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda Neymar uchinchi golni kiritib, amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa "Barselona" javob o‘yini oldidan ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar ligasi, yarim final
Barselona Ispaniya – Bavariya Germaniya 3:0
Gollar: 1:0 – 77 Messi, 2:0 – 80 Messi, 3:0 – 90+1 Neymar.
Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inesta (Rafinya, 87), Maskerano (Bartra, 89), Rakitich (Xavi, 82), Neymar, Messi, Suares.
Bavariya – Noyyer, Boateng, Bernat, Benatiya, Lam, Alkantara, Xabi Alonso, Rafinya, Shvaynshtayger, Myuller (Gettse, 79), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (35), Dani Alves (46), Benatiya (52), Bernat (56), Pike (66), Neymar (69).

Manba: www.uff.uz

Top