09:40 / 06.05.2015
1463

BMT: Afg‘onistondan giyohvand moddalar oqimi kuchayib bormoqda

BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi direktori Yuriy Fedotov Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoda giyohvandlik nazorati sohasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuv Memorandumiga a'zo mamlakatlarning to‘qqizinchi uchrashuvida so‘zlagan ma'ruzasida Afg‘onistondan giyohvand moddalar oqimi kuchayib borayotganini e'tirof etdi.
Uning aytishicha, 2014 yilda Afg‘onistonda 2013 yilga nisbatan 7 foizga ko‘proq ko‘knor ekilgan. Afyun ishlab chiqarish esa 17 foizga oshib, 6.4 tonnani tashkil qilgan.
Shuningdek, u BMT Bosh Assambleyasining giyohvandlik masalalariga bag‘ishlangan maxsus sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma'lum qildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan 2015-2019 yillarda mintaqaviy hamkorlik deklaratsiyasi va dasturi qabul qilindi.

Top