15:55 / 06.05.2015
2054

BMT Markaziy Osiyoda giyohvandlikka qarshi kurashga 70 mln dollar ajratadi

BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Markaziy Osiyoda giyohvandlik nazorati sohasida yangi dasturni ishlab chiqdi.
Umumiy qiymati 70 mln dollarni tashkil etuvchi ushbu dastur 5 may kuni, Markaziy Osiyoda giyohvandlik nazorati sohasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuv Memorandumiga a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining to‘qqizinchi uchrashuvida taqdim etildi.
Tadbir Turkmaniston poytaxti Ashxobodda o‘tkazildi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan 2015-2019 yillarda mintaqaviy hamkorlik deklaratsiyasi va dasturi qabul qilindi.

Top