15:57 / 06.05.2015
3777

Dubayda quyosh energiyasida ishlovchi birinchi mehmonxona ochiladi

BAAda ochiladigan yangi mehmonxona elektr quvvati bilan to‘laligicha quyosh batareyalari yordamida ta'minlanadi. Bu haqda InterContinental Hotels Group vakillari xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 170 xonadan iborat ushbu mehmonxona 2017 yilning birinchi yarmida ishga tushiriladi.
Quruvchilar mehmonxonani ekologik jihatdan mumkin qadar toza asosda ishlaydigan muassasaga aylantirmoqchi. Quyosh energiyasidan foydalanilishidan tashqari, unda barcha oqova suvlar va qoldiqlar qayta ishlanadi.
Quruvchi kompaniya ijrochi direktori Faris Saidning aytishicha, mehmonxona shahar elektr tarmog‘iga ulanadi. Shu tariqa, quyosh batareyalari yordamida ishlab chiqariladigan ortiqcha energiyani boshqa iste'molchilarga sotib, elektr quvvati ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatning 25-30 foizini qoplash mumkin bo‘ladi.
IHG guruhi BAA hududida 18ta mehmonxonaga ega. Yaqin 5 yil ichida mamlakatda yana 10ta mehmonxona qurilishi rejalashtirilmoqda. Umuman olganda, InterContinental Hotels Group franshizasi dunyo bo‘ylab 4.8 mehmonxonaga ega.

Top