15:41 / 06.05.2015
2313

Dvorkovich yana farzand ko‘rdi

Rossif Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali uchinchi marotaba o‘g‘il farzand ko‘rganligini ma'lum qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, bola 2 may kuni dunyoga kelgan, bugun esa uning tug‘ilgan haqidagi guvohnomasi olingan. Bolaga Denis deb ism qo‘yilgan.
“Hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan baxt!”, - deb yozgan o‘z sahifasida Dvorkovich.
Eslatib o‘tamiz, Dvorkovich rossiyalik tijoratchi ayol Zumrud Rustamovaga uylangan.

Top