15:32 / 06.05.2015
5637

Irina Sheyk omma oldida Bred Kuper bilan birgalikda ko‘rinish berdi

Krishtianu Ronalduning sobiq ma'shuqasi Irina Sheyk Nyu-Yorkdagi Met Gala festivaliga mashhur aktyor Bred Kuper hamrohligida tashrif buyurdi.

Bu juftlik haqidagi mish-mishlar aprel oyidan tarqalgan, o‘tgan oyda dastlab 29 yoshli Irinani Finding Neverlend myuzikliga 40 yoshli aktyor Bred Kuper bilan birga kelganida ko‘rishgandi. Keyinroq ular qo‘shiqchi Rianna uyushtirgan ziyofatda ham qo‘ltiqlashgan holda paydo bo‘lishadi.

Bred Kuper o‘zining avvalgi mahbubasi, britaniyalik modeler Syuki Uoterxaus bilan munosabatlarini uzganidan keyin hech kim bilan uchrashmayotgan edi. Irina Sheyk esa Ronaldu bilan 5 yil davom etgan munosabatlariga shu yilning avvalida chek qo‘ygan.

Top