17:08 / 06.05.2015
3674

Meyvezer 3 farzandining onasi tomonidan 20 mln dollar undirish maqsadida sudga berildi

Floyd Meyvezerning rafiqasi, uch farzandning onasi hisoblanadigan Jozi Xarris erini sudga berdi. Jozi eridan 20 mln dollar undirishni maqsad qilgan. Bu haqda SNN telekanalida xabar berildi.

Ta'kidlash joizki, 2010 yilning sentabrida Meyvezer jahl ustida Xarrisni urgan va shundan so‘ng hisbga olingan edi.

Oradan 14 oy o‘tibgina Floyd o‘z aybini tan oldi va 2012 yilning yozida ikki oy qamoqxonada o‘tirib chiqqandi. Shu yilning aprel oyida bergan intervyularining birida Meyvezer o‘sha janjal paytida rafiqasi narkotik modda ta'sirida bo‘lganini ma'lum qilggan.

Xarris 2 may kuni Meyvezer Menni Pakyaoni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng erini sudga berdi.

Eslatib o‘tamiz, jangda g‘alaba qozongan Floyd Meyvezer tashkilotchilardan 100 mln dollarlik chekni qabul qilib oldi. Shuningdek, u hali translyatsiyadan tushadigan foydadan ham 50- 80 mln dollar atrofida ulush oladi. Jozi Xarris esa bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Top