10:33 / 06.05.2015
1907

Nazarboyevning eski maslahatchisi lavozimni qayta egalladi

Muxtor Qulmuhammad Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati ma'lumot berdi.
“Davlat rahbarining farmoyishiga muvofiq Qulmuhammad Muxtor Abror o‘g‘li Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi etib tayinlandi”, - deyiladi xabarnomada.
Muxtor Qulmuhammad 2014 yil martidan buyon prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan. Joriy yilning mart oyida u lavozimidan ozod qilinib, Nazarboyevning saylovoldi shtabi rahbarligiga tayinlangan edi.

Top