16:14 / 06.05.2015
2255

Poroshenko Yevropa Ittifoqidan Ukraina bilan viza rejimining bekor qilinish muddatini aniqlashtirishni so‘radi

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan viza rejimi bekor qilinishining aniq muddatini belgilashni taklif qildi. Ukraina prezidenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu haqda Pyotr Poroshenko Italiya tashqi ishlar vaziri Paolo Jyentiloni Silveri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tgan.
“Ukraina ijobiy xulosalar olishga umid qilmoqda; u vizasiz rejim joriy qilinishining konkret sanasini, shuningdek, unga qadar Ukraina qanday talablarni bajarishi kerakligini aniqlashtirishni taklif qiladi”, - deb ta'kidlagan Ukraina yetakchisi.
Shuningdek, u 12 may kuni Ukrainaning YeI bilan vizasiz tizimga o‘tishi majburiyatlarining bajarilishini baholovchi komissiya o‘z xulosalarini jamoatchilikka taqdim qilishini aytib o‘tdi.
“Riga sammitining yakuniy hujjati Ukraina va YeI o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanish dinamikasiga mos kelishi kerak”, - qo‘shimcha qildi u.

Top