09:26 / 06.05.2015
1585

Serxio Ramos: "Yuventus"ga qarshi o‘yinda faqat men yomon o‘ynadim"

Madridning "Real" klubi futbolchisi Serxio Ramos Chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Yuventus"ga qarshi kechgan uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi.

"Umuman olganda jamoa yomon o‘ynamadi. Faqat men juda yomon o‘ynadim, ammo bu meni tashvishga solmaydi. Men murabbiyga, murabbiy esa menga ishonadi.

Oldinda javob o‘yini bor va biz to‘qnashuv taqdirini o‘z foydamizga o‘zgartira olamiz. Yarim himoyachilar ko‘proq yugurish talab etiladi, ammo men kimningdir xatosini ajratib ko‘rsatmoqchi emasman.

Javob o‘yinida yaxshiroq harakat qilamiz. Hammasi o‘zgarishiga ishonaman. Taslim bo‘lish - menga xos emas", - deydi Ramos.

Top