17:16 / 06.05.2015
2322

Suares saratonga uchragan bolaga dalda berdi

"Barselona" jamoasining urugvaylik hujumchisi Luis Suares saraton xastaligiga chalingan Mateo ismli yosh muxlisi uchun syurpriz tayyorladi.

Mateoni xursand qilishni istagan yaqinlari va shifokori Suares bilan kelishgan holda kichik aksiya o‘tkazishdi. Stsenariyga ko‘ra, bolani tibbiy dargohga olib kelishadi va unga dunyodagi eng kuchli mutaxassis shifokor bilan suhbatlashishi kerakligini aytishadi.

Avvaliga videochat orqali bola bilan suhbatlashishni boshlagan "soxta shifokor" tezda o‘zini tanitganida, bemorning ko‘zidan quvonch yoshlari tirqirab ketdi.

Suares esa unga "Nega hayron bo‘lasan? Shifokorlar ham yaxshi futbol o‘ynay olishadi. Mening gollarimni ko‘rgan bo‘lsang kerak?", deya hazillashadi.

Suares bemor bola bilan yana boshqa mavzularda suhbatlashib, unga dalda beradi.

Suhbat so‘ngida esa Suares Mateoga o‘zining imzosi tushirilgan futbolkasini yuborishni va'da qilgan.

Top