01:40 / 06.05.2015
1716

Tailand qiroli yarim yildan so‘ng xalqqa ko‘rinish berdi

87 yoshli Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet so‘nggi yarim yilda birinchi marta seshanba kuni jamoat oldida nogironlar aravachasida chiqish qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Mamlakatning barcha telekanallari qirolni Bangkokdagi shifoxonadan Tailandning tarixiy qismida joylashgan Buyuk qasrga olib kelinishini bevosita kuzatib bordi.

Yo‘l bo‘ylab xalq vakillari “Yashasin qirol!”, - deya qutlashgan. 5 may – Tailandning milliy bayrami – toj kiyish kuni hisoblanadi. Pxumipon o‘tgan yilning oktabr oyida shifoxonaga yotqizilgan edi. U 1946 yildan buyon mamlakat qirolli hisoblanadi.

Top