18:48 / 07.05.2015
8730

Aleksis Sanches o‘zbek palovining muxlisi bo‘lib qoldi

Londonning "Arsenal" jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches shahardagi o‘zbek taomlari choyxonasiga palov tanovvul qilish uchun tez-tez tashrif buyurishi ma'lum bo‘ldi.

Feysbukdagi Only in Uzbekistan guruhiga buni tasdiqlovchi suratlar hamda ma'lumotlar joylashtirilgan.

"Londonda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zbekistonlik Umar va Vohid ismli aka-uka oshpaz chililik futbolchi Aleksis Sanchesning do‘stlari hisoblanadi. Bu oshpazlar palov orqali Sanchesning ko‘ngliga yo‘l topishgan. Endi futbolchi "Marvarid" choyxonasiga kelib, do‘stlari bilan osh ustida suhbat quradi", deyiladi xabarda.

Top