05:51 / 07.05.2015
4096

Ispaniya futbol federatsiyasi 16 maydan boshlab ichki turnirlarni to‘xtatmoqchi

Ispaniya futbol federatsiyasi joriy yilning 16 may kunidan boshlab ichki o‘yinlarni o‘tkazmoqchi emas.

Federatsiya mamlakat hukumati bilan kelisha olmayotgani tufayli shunday qaror qabul qilgan.

Ma'lum qilishlaricha, Ispaniya futbol federatsiyasi o‘yinlar translyatsiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi qonunga rozi bo‘lmayapti.

Shu tariqa, Primeroning oxirgi turi va Ispaniya kubogi finali o‘tkazilmay qolishi mumkin.

Top