09:35 / 07.05.2015
1914

Moskvaliklar internet orqali fastfud ustidan arz qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

Moskva shahri mutasaddilari “Moy gorod” portalida fastfud taomlari ustidan arz qilishga mo‘ljallangan maxsus runk ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda savdo departamenti rahbari Aleksey Nemeryukka asoslangan holda M24.ru sayti ma'lumot bermoqda.
Nemeryukning so‘zlariga qaraganda, servis yaqin bir necha oy ichida ochiladi. Olingan arizalar Rospotrebnadzorning Moskva bo‘linmasiga yuboriladi; so‘rovlarga 30 kun ichida javob beriladi.
“Fastfud shahobchalarini Rospotrebnadzor yiliga bir marta tekshirishga haqli. Ammo iste'molchilarning talablariga binoan maxsus tekshirishlar ham o‘tkazish mumkin. Biz arizalarni portal orqali tezroq va faolroq to‘plash masalasini ko‘rib chiqamiz”, - deb izohladi yangilikni Nemeryuk.

Top