10:24 / 07.05.2015
2454

Samsung mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi. Pxyontxek shahrida qad ko‘taradigan ushbu korxona 2017 yilning birinchi yarmida ishga tushiriladi. Kompaniya tarixidagi eng yirik investitsion kiritma deb hisoblanayotgan loyihaning umumiy qiymati 15.6 trln vonani (14.4 mlrd dollar) tashkil etadi. Zavod 150 ming kishini ish bilan ta'minlaydi, unda ishlab chiqariladigan mahsulot qiymati esa 41 trln vonaga (37.3 mlrd dollar) teng.
Qurilish ishlarining ochilish marosimiga Koreya Respublikasi prezidenti Pan Kin Xe va hukumat vakillari tashrif buyurdi.
“Pxyontxekdagi yangi korxona Samsung kompaniyasining faol investitsion siyosat olib borish va erishilgan natijalarda to‘xtamaslik prinsiplarini yaqqol ko‘rsatib beradi”, - deb ta'kidladi Pak Kin Xe o‘z chiqishida.

Top