16:21 / 07.05.2015
1690

Toshkent va Bryussel O‘zbekiston-YeI Hamkorligi kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 7 may kuni O‘zbekistonga muntazam parlamentlararo almashuvlar doirasida tashrif buyurgan Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha Delegatsiyasi raisi Iveta Griguleni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari hamda Oliy Majlis palatalari va Yevropa parlamenti aloqalarining hozirgi holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida ko‘p rejali hamkorlikni kengaytirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlashdan ikki tomon ham mafaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Tomonlar O‘zbekiston-YeI Hamkorligi kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga alohida e'tibor qaratdilar. Uchrashuvda YeI Elchisi Yuriy Shterk ishtirok etdi.

Top