19:58 / 07.05.2015
1962

Ukraina Ozarbayjonga yangi An-178 transport samolyotlarini yetkazib beradi

Ukrainaning “Antonov” davlat aviasozlik korxonasi Ozarbayjonga 10 ta yangi An-178 transport samolyotini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.     

Buyurtmachi Ozarbayjonning Silk Way Airlines kompaniyasi hisoblanadi. Tomonlar tegishli shartnomani Kiyevda imzoladilar. Shartnoma muddatlari va detallari ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq “Antonov” Lotin Amerikasi davlatlarida aviasozlikni rivojlantirishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

 

Top