11:57 / 07.05.2015
2613

Xitoyda mast erkak uyga yetib olish uchun ot o‘g‘irlab ketdi

Pekinda istiqomat qiluvchi Van ismli erkak mast holda ot o‘g‘irlab ketdi. People gazetasida yozilishicha, u o‘z xatti-harakatlarini uyga yetib olish zarurati bilan tushuntirgan.
Yakshanba kuni Van ot zavodi hududida o‘tkazilayotgan bayram kechasiga tashrif buyurgan. Kecha doirasida ball-maskarad uyushtirilgani bois u an'anaviy ko‘k kiyimga burkanib kelgan.
Kecha davomida me'yoridan ko‘p ichkilik iste'mol qilgan Van uyga otda qaytishga qaror qilgan. U zavod hududidagi otlardan biriga minib, 20 km masofani bosib o‘tgan. Mashinada bu yo‘lni bosib o‘tishga 15-20 daqiqa ketar edi, ammo otda bo‘lgan Van buning uchun 3 soat vaqtini sarflagan. Ertasi kuni u o‘z sarguzashtlari hatto aniq eslay olmagan.
Ertalab u yonida ot turganini ko‘rgan Van hech kimdan yordam ololmagan, shu bois otni zavodga yolg‘iz o‘zi eltib bergan. Ma'lum bo‘lishicha, zavodda otning yo‘qolganini hech kim sezmagan ham ekan.
The Daily Mail gazetasida yozilishicha, Vanning sarguzashtlari va suratlari internetda o‘ziga xos shovshuvga sabab bo‘lgan.

Top