07:20 / 08.05.2015
1810

Belarusda g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan amnistiya e'lon qilindi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan amnistiya e'lon qildi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi hukmlarni ijro etish boshqarmasi boshlig‘i Janna Baturitskaya Belarus telegraf agentligiga ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, amnistiya doirasida 8.6 ming sudlangan kishi ozod qilinadi, ulardan 2.2 mingtasi ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida saqlanmoqda.

Top